Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX tezkor tadbirda narkokurerlarni qo‘lga oldi

DXX tezkor tadbirda narkokurerlarni qo‘lga oldi

Videodan skrinshot.

Samarqandlik fuqaro Tojikistonning Panjikent shahrida yashovchi shaxs tomonidan Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumaniga o‘tkazilib, xufiya joyga yashirib ketilgan 9 kg. 751. gr. «opiy» giyohvandlik vositasini qabul qilib olgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan ushlandi.

Aniqlanishicha, tojikistonlik giyohvand savdogari ushbu ajal og‘usini keyinroq kerakli manzilga yetkazib berishi uchun samarqandlik narkokurerga 10 ming AQSh dollari berishi lozim bo‘lgan.

Yana bir holat: DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasining tezkor tadbirda «Toshkent-Samarqand» yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan «Kia-Bongo» rusumli avtomashinadan viloyatning «Yuqori nuqta» YPX maskanida 5 kg. 953 gr. «opiy» giyohvand moddasi borligi aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, ular Tojikistondan giyohvand modda savdogariga 36 ming AQSh dollari berib, kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring