Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektrni asossiz uzgan rahbarlar ishi sudga chiqarildi

Elektrni asossiz uzgan rahbarlar ishi sudga chiqarildi

Arxiv foto.

Toshkent viloyati Monopoliyaga qarshi kurashish hududiy boshqarmasi tomonidan Olmaliq shahridagi 279-sonli elektr transformatorga ulangan iste’molchilarni o‘rnatilgan tartibda ogohlantirmasdan elektr ta’minotidan uzilishlarni amalga oshirish natijasida «Olmaliq shahar elektr ta’minoti» korxonasi rahbariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 178-moddasiga asosan 16.11.2020-yil kuni ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, Olmaliq shahar ma’muriy sudiga ish yurituvdagi hujjatlar yuborildi. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shuningdek, joriy yilning 19-20-oktyabr kunlari «facebook» ijtimoiy tarmog‘ida iste’molchilarning o‘rtasida keng muhokamaga sabab bo‘lgan mavzu ya’ni, Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi aholi iste’molchilari elektr energiyasidagi mavjud qarzdorlik uchun uzib qo‘yilganligi hamda abonentlar tomonidan tegishli to‘lovlar amalga oshirilib, korxonaga tarmoqqa qayta ulash bo‘yicha berilgan buyurtma (ariza)lar mavjud bo‘lishiga qaramay, iste’molchilarni elektr tarmog‘iga qayta ulash ishlari kechikayotganligi bildirilgan.

Yuqoridagi holat yuzasidan «Toshkent hududiy elektr tarmoqlari» AJga nisbatan «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunning 19-moddasi birinchi qismi talablari buzilganligi sababli 2020-yil 29-oktyabrda 11/02-I-sonli ko‘rsatma berildi.

«Toshkent hududiy elektr tarmoqlari» AJ korxonasi tomonidan ko‘rsatmaning ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi 517-sonli buyruq qabul qilingan bo‘lib, unga asosan ko‘rsatilgan qonun buzilish holatlari shahar va tuman elektr ta’minoti korxonalari rahbar hodimlari bilan atroflicha o‘rganib chiqilib, barcha rahbar xodimlar kelgusida qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ogohlantirilgan.

Shunga qaramasdan, 20-noyabr kuni Toshkent tumanidagi qariyb 17 ming elektr energiya iste’molchisi tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlar bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorlik sababli, amaldagi tartib bo‘yicha ASKUE tizimi avtomatik ravishda qarzdor iste’molchilarning ta’minotini to‘xtatgan. O‘z navbatida, yuqoridaga holat joyiga chiqib o‘rganilganda iste’molchilar tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi uchun qarzdorlik to‘langandan keyin ham avtomatik ravishda elektr tarmog‘iga qayta ulanmagan holatlar aniqlandi.

Ushbu holat joriy yilning 21, 22-noyabr kunlari Qibray hamda Zangiota tumanlarida ham aniqlandi.

Hozirgi kunda hududiy boshqarmaning 29.10.2020 yildagi 11/02-I-sonli ko‘rsatmasini bajarmaganligi sababli, Toshkent, Zangiota, Qibray tumani elektr tarmoqlari korxonalari rahbarlariga nisbatan ma’muriy hujjatlarni rasmiylashtirib, tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun ma’muriy sudga yuborish choralari ko‘rilmoqda, — deyiladi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring