Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada paxta qabul qilish punktida yong‘in sodir bo‘ldi

Farg‘onada paxta qabul qilish punktida yong‘in sodir bo‘ldi

Arxiv foto

Bugun, 27-sentyabr kuni soat 13:27da Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani «Poloson» MFY, Marg‘ilon ko‘chasida joylashgan paxta qabul qilish punktida yong‘in sodir bo‘ldi.

FVV xabariga ko‘ra, voqea joyiga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:35 da yetib borib, soat 14:00 da yong‘in qurshab olingan va soat 14:34 da batamom o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring