Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada qarzdor fuqaro MIB xodimiga temir bilan jarohat yetkazdi

Farg‘onada qarzdor fuqaro MIB xodimiga temir bilan jarohat yetkazdi

So‘nggi vaqtlarda MIB xodimiga qarshilik ko‘rsatish, jarohat yetkaiz holatlari kuzatilmoqda.

MIB Quva tuman bo‘limi davlat ijrochisi O‘.T (1997-y.t.) qarzdor M.X. dan (1986-y.t.) aliment undirish haqidagi qaror ijrosini ta’minlash maqsadida uning yashash xonadoniga borgan. Lekin qarzdor MIB xodimining faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatib, temir jism bilan uning oyog‘iga urib, tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan 10-sentyabr kuni tuman prokuraturasi tomonidan M.X. ga nisbatan JKning 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring