Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada «Kamaz» 4 ta «Neksiya» bilan to‘qnashdi: bir kishi qurbon bo‘ldi

Farg‘onada «Kamaz» 4 ta «Neksiya» bilan to‘qnashdi: bir kishi qurbon bo‘ldi

18-yanvar Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

IIV YHXBB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, Farg‘ona xalqa avtomobil yo‘lida qalin tuman tushishi oqibatida ko‘rish darajasi pasayganligi sababli 1997-yilda tug‘ilgan Yu.N. shu manzilda yashovchi otasiga tegishli «Kamaz-5511» rusumli avtomobilini burilib olish joyidan burib olayotgan bo‘lgan. Shu vaqtda qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan 4 ta «Neksiya» rusumli transport vositalari Yu.N. boshqaruvidagi yuk avtomobiliga kelib urilib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Natijada «Neksiya» avtomobillarining uch nafar yo‘lovchisi va bir nafar haydovchisi tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan.

Shuningdek yana bir yo‘lovchi olgan tan jarohati oqibatida kasalxonada vafot etgan.

«Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishni, respublikamiz hududida ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi, ayrim hududlarda qor yog‘ishi va avtomobil yo‘llarida muzlamalar hosil bo‘lishi, qalin tuman tushishi sababli avtomobil yo‘llarida harakat qatnashchilari uchun bir qator noqulayliklar keltirib chiqarishini inobatga olib yo‘llarda xushyorlik bilan harakat qilishinigizni so‘raymiz» deyiladi YHXBB xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring