Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Foto: Buxorodagi «Abdullaxon» madrasasi orqa devori o‘pirilib tushdi

Foto: Buxorodagi «Abdullaxon» madrasasi orqa devori o‘pirilib tushdi

Foto: Bukhara info

Joriy yilning 30-iyul kechasi «Abdullaxon» madrasasi orqa tomon devorining bir bo‘lagi o‘pirilib tushgan.

Buxoro viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, hodisa «ko‘p yillik texnogen jarayonlar (issiq va sovuq iqlim, yog‘ingarchiliklar va yer osti suvlarining ko‘tarilishi) ta’sirida yuz bergan». 

Bu holat bo‘yicha Madaniy meros agentligining viloyat boshqarmasi, Buxoro shahar hokimligi, restavratorlar va soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzilib, joyida o‘rganish o‘tkazilgan. Shunga ko‘ra, tezkor chora-tadbirlar belgilanib, Respublika Madaniy meros agentligidan vakillar jalb qilindi.

Shu bilan birga, Buxoroda texnogen jarayonlar oqibatida nurashi, yemirilishi va qulab tushishi ehtimoli yuqori bo‘lgan 40 ta madaniy meros ob’yektini umumbashariy qiymatini saqlash, ularda tiklash, restavratsiya va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha olimlar, restavratorlar va malakali mutaxasislar tomonidan o‘rganishlar o‘tkazilgan holda zarur chora-tadbirlar belgilanishi haqida Hukumatga takliflar yuborildi.

Prokuratura organlari tomonidan surishtiruv ishlari ham olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring