Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

FVV aholini ogohlikka chaqirdi

FVV aholini ogohlikka chaqirdi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

8-iyulda O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 9—10-iyul kunlari Respublikaning barcha hududlariga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nisbatan salqin havo massalari kirib keladi.

7-iyulda Qoraqalpog‘istonda, 8—10-iyul kunlari Respublikaning barcha hududlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda esa changli bo‘ron bilan 25-30 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Shu munosabat bilan FVV fuqarolardan kuchli shamol kuzatilganda ko‘chada harakatlanmaslikni, avtomobillarni daraxtlar va boshqa turli mustahkam bo‘lmagan konstruksiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qo‘yishni so‘radi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring