Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gulistonda 3-qavatdan tushib ketgan talabaning holati ma’lum qilindi

Gulistonda 3-qavatdan tushib ketgan talabaning holati ma’lum qilindi

13-noyabr kuni taxminan soat 15:30lar atrofida Guliston davlat universiteti talabasi Yu.Qarshiboyev universitet bosh binosi 3-qavati oynasidan telefon orqali suhbatlashayotgan vaqtida ehtiyotsizligi oqibatida pastga tushib ketgani haqida xabar bergandik.

Bugun viloyat shifoxonasida Yu.Qarshiboyev muvaffaqiyatli operatsiya qilingan, hozirda uning umumiy ahvoli yaxshi.

Voqea sodir bo‘lgan vaqtda tez tibbiy yordam chaqirilgan, talabaga yordam ko‘rsatilib, so‘ng Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam Sirdaryo viloyati bo‘limiga olib borilgan va to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Ushbu voqea yuzasidan talabalar bilan universitet ma’muriyati tomonidan suhbat o‘tkazilganida, guruh talabalari o‘rtasida hech qanday nizoli holat bo‘lmagani, Yu.Qarshiboyevning hech kim bilan tortishmagani ma’lum bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring