Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gulistonda 100dan ziyod o‘quvchining hayoti saqlab qolindi

Gulistonda 100dan ziyod o‘quvchining hayoti saqlab qolindi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Guliston shahar «Na’muna» mahallasi Sayxun  ko‘chasi 17-uyda joylashgan «Ideal Study» nodavlat ta’lim muassasasida yong‘in kelib chiqqani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Mazkur vaziyat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan

Olib borilgan tezkor choralar natijasida binoda qolib ketgan 111 nafar o‘quvchi hamda o‘qituvchilar xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi. Shuningdek, qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari tufayli binoning 1600 m.kv. maydoni yong‘indan asrab qolindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring