Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gulistondagi kovid markazida yuz bergan portlash bo‘yicha jinoiy ish ochildi

Gulistondagi kovid markazida yuz bergan portlash bo‘yicha jinoiy ish ochildi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Guliston shahridagi Alpomish sport majmuasida tashkil etilgan koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan yoki kasallangan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, saralash va taqsimlash markazidagi portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bosh prokuratura matbuot xizmati bu haqda «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.

Qayd etiladiki, portlash yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlarini olib borish Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasiga yuklatildi. Tergov harakatlari Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 7-oktyabr kuni soat 08:13 da Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Alpomish sport majmuasida kislorod balloni portlashi sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Biroz o‘tib, FVV hodisa haqida dastlabki ma’lumotni taqdim qildi. 

Sirdaryo viloyati IIB tafsilotlarni ma’lum qilarkan, hodisa oqibatida majmuada kislorod stansiyasiga xizmat ko‘rsatgan 1 nafar fuqaro D.M. tan jarohati olib, RShTYoIM Sirdaryo viloyati filialiga yotqizilgani, vafot etgan fuqarolar yo‘qligini qayd etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring