Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

It jamoani goldan saqlab qoldi (video)

It jamoani goldan saqlab qoldi (video)

Skrinshot

Argentina futbol bo‘yicha chempionatining uchinchi divizioni o‘yinlaridan birida g‘alati voqea sodir bo‘ldi: «Xuventud Unida Gualeguaychu» va «Defensores de Belgrano de Vilya Ramalo» jamoalari o‘rtasida kechgan bahsda kutilmaganda maydonga yugurib chiqqan it darvozaga kirib ketayotgan golni yo‘qqa chiqardi. Bu haqda «UCSG TV» telekompaniyasi xabar berdi.

Videodan ko‘rinib turibdiki, darvozabon to‘pni maydonning ikkinchi yarmiga uzatib bermoqchi bo‘lgan, biroq raqib oyog‘iga tekkan to‘p qaytib to‘ppa-to‘g‘ri darvozaga kirib keta boshlagan. Darvoza oldidan shitob bilan chopib o‘tayotgan it esa «oxirgi himoyachi» vazifasini bajarib berdi.

To‘g‘ri, gol baribir hisobga olinmasdi, raqib darvozabonga nisbatan qoidani buzgandi, biroq kamdan-kam kuzatiladigan voqea muxlislarni befarq qoldirmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring