Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda ovchilar ekologiya inspektoriga jarohat yetkazdi

Jizzaxda ovchilar ekologiya inspektoriga jarohat yetkazdi

Foto: Xabar.uz

2-yanvar kuni Jizzax viloyati, Paxtakor tumani ekologiya bo‘limi davlat inspektorlariga tumanda joylashgan fermer xo‘jaligi rahbari tomonidan hududda noqonuniy ov qilish holatlari kuzatilayotganligi va ushbu ovchilarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlik haqida so‘rab murojaat qilinadi.

Murojaatni o‘rganish maqsadida Paxtakor tumani ekologiya davlat inspektorlari H.Suvonqulov va B.Meliyevlar ushbu fermer xo‘jaligi hududiga yetib borishadi.

Hududda Nexia-1 rusumli avtoulovda uch nafar shaxs ov qurollari bilan ov qilib yurganligi holati aniqlanadi. Shundan so‘ng inspektorlar tomonidan ovchilardan tegishli hujjatlar so‘ralganda, ular davlat inspektorlariga qarshilik ko‘rsatib, hujjatlarni taqdim etmasdan avtoulovni harakatlantirishni boshlaydilar. Inspektor B.Meliyev avtoulovning orqa eshigini ochib, ularni to‘xtatishga urinadi. Lekin inspektorning qonuniy talabiga bo‘ysunmagan ovchilar inspektor B. Meliyevni avtoulov saloniga tortib olib, avtoulovni Zafarobod tumaniga tomon harakatlantirib ketadi.

Davlat inspektori X.Suvonqulov avtoulov orqasidan kuzatib boradi va inspektor B.Meliyevni Zafarobod tumani markaziga tan jarohati yetkazilgan holda avtoulovdan tushirib qoldirilganligining guvohi bo‘ladi.

Davlat inspektori B.Meliyev shifoxonaga yotqizilgan. Ayni kunda ushbu holat yuzasidan viloyat IIB tomonidan surishtiruv ishlari boshlab yuborildi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring