Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxdagi gaz quyish shoxobchasida portlash: bir kishi vafot etdi

Jizzaxdagi gaz quyish shoxobchasida portlash: bir kishi vafot etdi

16-yanvar kuni Zarbdor tumanida joylashgan «Gaz manbai»  MChJga qarashli avtomobillarga suyultirilgan gaz (propan) quyish shoxobchasida ta’mirlash-payvandlash ishlari olib borilayotganida kelib chiqqan chaqnash oqibatida portlash yuz bergan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining xabar berishicha, MChJ ishchilaridan fuqaro 40 yoshli Sh.A. hodisa joyida vafot etgan, 44 yoshli E.I. esa turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda, portlashning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

Holat yuzasidan qo‘shimcha ravishda ma’lumot beriladi, deyiladi IIV xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring