Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxdagi ko‘p qavatli uyning qulashi videoga tushib qoldi

Jizzaxdagi ko‘p qavatli uyning qulashi videoga tushib qoldi

Jizzax shahrining Mustaqillik ko‘chasi bo‘yida qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan birining bir qismi 10 yanvar kuni soat taxminan 17:15 da qulagani haqida xabar berilgan edi.

Ushbu ko‘chada harakatlanib borayotgan avtomobillardan biriga o‘rnatilgan videoregistratorga binoning qulash jarayoni yozilib qolgan.

Videoyozuv Telegramdagi kanallarda e’lon qilindi. Unda binoning bir qismi qulagani va shundan so‘ng hammayoq quyuq chang ichida qolganini ko‘rish mumkin.

Videoyozuv egasining ta’kidlashicha, haydovchi vaqtida orqaga yurishga ulgurgan, «yo‘qsa mashina titilib ketardi».

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bino qulashi oqibatida tan jarohati olgan yoki halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q.

Binoning qulash sabablarini o‘rganish uchun Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari A.Ramatov rahbarligida Hukumat komissiyasi tuzilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring