Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Katta Farg‘ona kanaliga cho‘kib ketgan bolaning jasadi topildi

Katta Farg‘ona kanaliga cho‘kib ketgan bolaning jasadi topildi

Foto: O‘zA

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanining «Beruniy» mahalla fuqarolar yig‘inida yashagan 13 yoshli Umidjon Abdusattorov 5 mart kuni ehtiyotsizlik oqibatida shu hududdan oqib o‘tuvchi Katta Farg‘ona kanaliga cho‘kib ketgani xabar qilingandi.

O‘zA xabariga ko‘ra, 22-umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi bo‘lgan bola shu yerda joylashgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bazasi mashg‘ulotlariga qatnashgan.

Hodisa joyida qidiruv ishlari olib borilib, bugun, 8 mart kuni uning jonsiz tanasi Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining maxsus mintaqaviy qidiruv-qutqaruv otryadi g‘avvoslari tomonidan hodisa sodir bo‘lgan joydan 1 200 metr uzoqlikda 2 metr chuqurlikdan topildi.

Hozirda unga nisbatan belgilangan tartibda sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring