Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Katta leytenantning qotili qo‘lga olindi — IIV

Katta leytenantning qotili qo‘lga olindi — IIV

Toshkent shahar Olmazor tumani IIB profilaktika inspektori katta leytenant N.Bobomurotovning hayotiga tajovuz qilib, voqea joyidan yashiringan qotil qo‘lga olindi.

IIV matbuot kotibining ma’lum qilishicha, olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida katta leytenant N.Bobomurodovning hayotiga tajovuz qilgan fuqaro B.Z.  qo‘lga olinib, protsessual tartibda chora ko‘rish uchun prokuratura organlariga topshirilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi («Qasddan odam o‘ldirish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq gumonlanuvchi qidirilayotgani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring