Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Ko‘rinmas qotil» endi Qo‘qonda. U bir oilaning uch a’zosini o‘ldirdi

«Ko‘rinmas qotil» endi Qo‘qonda. U bir oilaning uch a’zosini o‘ldirdi

Haroratning pasayishi natijasida is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq noxush xabarlar ko‘paymoqda.

Yaqinda Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida bir oilaning to‘rt a’zosi is gazidan zaharlanishi oqibatida vafot etgani haqida xabar qilingan edi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, bugun, 28-oktyabr kuni Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahridagi ko‘pqavatli uylarning birida yashovchi oilaning uch nafar a’zosi is gazidan zaharlanish oqibatida halok bo‘lgan.

Fojiaga isitish qozonining dudbo‘roni nosozligi (katyolga ulanmagan bo‘lgan) sabab bo‘lgan.

Xorazmdagi holatda ham aynan isitish qozonining dudbo‘roni nosozligi bir oilaning fojiali halok bo‘lishiga olib kelgandi.

Hurmatli fuqarolar, isitish pechlari va qozonlarini ishlatishdan avval dudbo‘ronlar sozligiga e’tibor bering. «Ko‘rinmas qotil»dan ehtiyot bo‘ling!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring