Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus aniqlangan toshkentlik er-xotin vafot etdi

Koronavirus aniqlangan toshkentlik er-xotin vafot etdi

Foto:«Xabar.uz»

Toshkentda yashovchi er-xotin fuqarolar koronavirus sabab hayotdan ko‘z yumdi. 

SSV ma’lumotiga ko‘ra, Olmazor tumanida yashovchi 68 yoshli K.A. (erkak) va uning turmush o‘rtog‘i 67 yoshli S.A. tana harorati 38 S gacha ko‘tarilishi, umumiy holsizlik sababli joriy yilning 5 iyul kuni tez tibbiy yordam mashinasida Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan.

Bemorlardan “COVID-19” infeksiyasiga namuna olingan va kasallik tasdiqlangan.

Ularga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shahar 1-sonli klinik shifoxonasiga olib kelinib, reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Har ikki bemorda o‘tkir nafas yetishmovchiligi kuzatilgani sababli sun’iy nafas olish apparatiga olingan. Ularga “COVID-19” infeksiyasi og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan.

Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, stenokardiyasi, gipertoniya arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan er-xotin bemorlarning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring