Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Leningraddagi daryodan o‘zbekistonlikning jasadi topildi

Leningraddagi daryodan o‘zbekistonlikning jasadi topildi

3-oktyabr kuni Leningrad viloyati hududidagi Neva daryosida O‘zbekiston fuqarosining jasadi topilgan.

O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulxonasi xabariga ko‘ra, ayni paytda tibbiy ekspertiza o‘tkazilmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va jasadni vatanga yuborish bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda marhumning qarindoshlariga yordam bermoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring