Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Malibu-2»ni yoqib yuborgan qizga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

«Malibu-2»ni yoqib yuborgan qizga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

Ijtimoiy tarmoqlarda bir qiz tomonidan «Malibu-2» rusumli avtomobilni yoqib yuborgan holati aks etgan video keng tarqalgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining bergan xabariga ko‘ra, 2020 yilning 18 iyun kuni taxminan soat 04:30 larda, Sirdaryo viloyati Guliston shahrida doimiy ro‘yxatda turuvchi 26 yoshli Z.B., o‘zganing mol-mulkini qasddan nobud qilish maqsadida, Toshkent tumani, Fayzobod mahallasi hududidagi fermer xo‘jaligi dala maydoni yaqinida MChJ balansidagi 2019 yilda ishlab chiqarilgan qora rangli «Malibu-2» rusumli avtomobilini yoqib yuborgan. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Z.B.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi «v» bandi (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish, ushbu harakat ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa) va 227-moddasi 1-qismi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) bilan qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring