Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy gvardiya xodimlari ko‘prikdan o‘zini tashlagan yigitni qutqarishdi

Milliy gvardiya xodimlari ko‘prikdan o‘zini tashlagan yigitni qutqarishdi

Foto: @milliygvardiyauz_official

Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xodimlarining sergakligi tufayli bir insonning hayoti saqlab qolindi.

Joriy yilning 28-oktyabr kuni soat taxminan 15:30 larda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida xizmat olib borayotgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari ushbu hududda joylashgan Chorbog‘-1 ko‘prigida noma’lum erkak kishi ko‘prik o‘rtasiga borganida harakatdan to‘xtab daryoga yuzlangani guvohi bo‘lishgan. Bu vaziyatdan shubhalangan xodimlar tezda fuqaro tomon harakatlanib, to‘xtatishlariga qaramay, fuqaro o‘zini ko‘prikdan suvga tashlagan.

Safdorlar I.Nosirov va B.Mirzaabdullayevlar zudlik bilan fuqaroni suvdan olib chiqib, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishgan. Hozirda ushbu fuqaro «chap oyoq suyagi yopiq sinishi» tashxisi bilan Bo‘stonliq tumani markaziy kasalxonasiga yotqizilgan.

Dastlabki surishtiruv ishlari davomida o‘zini suvga tashlagan shaxs Toshkent shahri Bektemir tumanida yashovchi 1999-yilda tug‘ilgan fuqaro G.R. ekanligi aniqlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring