Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mudhish YTHda 2 nafar qiz vafot etdi

Mudhish YTHda 2 nafar qiz vafot etdi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida 18-sentyabr kuni «Lacetti» va «Nexia» ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Qashqadaryo viloyat YHXB ma’lumotiga ko‘ra, shu kuni soat 17:20 atrofida «Lacetti» o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan «Nexia»ning yo‘liga chiqib ketgan va mashinalar to‘qnashgan. YTH oqibatida «Nexia»da bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchi qiz og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Qayd etilishicha, tuman ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring