Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda erkak ayolning «Malibu-2»sini yoqib yubordi

Namanganda erkak ayolning «Malibu-2»sini yoqib yubordi

Namangan shahri Davlatobod tumanida 13 noyabr kuni mast erkak «Malibu-2»ni yoqib yuborgani aniqlandi.

Viloyat IIBning ma’lum qilishicha, «Malibu-2» avtomashinasida yong‘in yuz bergani haqida xabar 13 noyabr kuni soat 04:00 larda kelib tushgan. Mashina 1989 yilda tug‘ilgan ayolga tegishli bo‘lgan. U mashinani uyi oldidagi avtoturargohga qo‘ygan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor surushtiruv tadbirlari davomida buni Namangan shahrida yashovchi erkak sodir etgani aniqlangan.

U ayol bilan 2021 yil mart oylaridan buyon tanish bo‘lgan. O‘rtalarida bo‘lib o‘tgan kelishmovchiliklar sababli fuqaro mast holatda 13 noyabr kuni soat 03:00 larda 10 litr hajmdagi yelim idishda benzin olib kelib, ayolga tegishli avtomashinani haydovchi tomon oynasini tosh bilan sindirib, benzinni avtomashina salonini ichiga sepib, yoqib yuborgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Davlatobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring