Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namanganda hokimlik binosiga qo‘y haydab borgan fuqaro qamaldi

Namanganda hokimlik binosiga qo‘y haydab borgan fuqaro qamaldi

Foto:«Kun.uz»

Namanganda mahalliy MChJga tegishli qo‘ylar podasi Yangiqo‘rg‘on tuman hokimligi binosiga haydab kelingani xabar berilgandi. 

Viloyat IIB xabariga ko‘ra, 18 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman sudining ochiq sud majlisida tuman hokimligi binosi oldiga qo‘y hayvonlarini olib kelgan fuqaroga nisbatan hukm o‘qildi. 

Fuqaro MJtKning 54-moddasi 1-qismi, 104-moddasi 1-qismi, 161-moddasi, 183-moddasi va 194-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, unga MJtKning 54-moddasi 1-qismi bilan ya’ni bazaviy hisoblashning 5 baravari miqdoridagi jarima jazosi, MJtKning 104-moddasining 1-qismi va 161- moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdoridagi jarima jazosi, MJtKning 183-moddasi bilan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi, MJtKning 194- moddasining 1-qismi bilan bazaviy hisoblashning 1 baravari miqdoridagi jarima jazosi tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring