Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda «MIB xodimlari» qo‘lga tushdi

Namanganda «MIB xodimlari» qo‘lga tushdi

Foto:«Xabar.uz»

14-iyul kuni Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, shu yil 28-iyun  kuni uch fuqaro oldindan jinoiy til biriktirib, uni ishonchiga kirib, o‘zlarini majburiy ijro bo‘limi hodimi sifatida tanishtirgan. So‘ng undan aliment qarzdorligi deb, narxi 10.000.000 so‘mlik bir bosh molini firibgarlik yo‘li bilan olib ketganliklarini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 23-iyul kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring