Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiyda qora niqoblilar va baliqchilar o‘rtasida janjal yuz berdi

Navoiyda qora niqoblilar va baliqchilar o‘rtasida janjal yuz berdi

7-yanvar kuni Qiziltepa tumani To‘dako‘l suv havzasidagi baliqchilik bazasida yuzlariga niqob taqqan holda qo‘llariga rezina tayoqlar bilan xizmat olib borayotgan nazoratchi inspektorlar hamda To‘dako‘l suv havzasida baliq ovlash bilan shug‘ullanib keluvchi ovchilar o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Ushbu kelishmovchilik nazoratchi inspektorlar ovchilarni ichkariga kirishlari uchun pasport nusxasi talab qilgani va baliqchilar norozi bo‘lib, ushbu yollanma ishchilarning xizmat faoliyatiga to‘sqinlik qilib, jamoat tartibini buzganligi sabab yuz bergani aniqlandi, deyiladi Navoiy viloyati IIB xabarida.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozim qora rangli liboslar kiyib yuzlariga niqob taqqan holda qo‘llariga rezina tayoqlar bilan xizmat olib borayotgan nazoratchi inspektorlar shartnoma asosidagi yollanma fuqarolar, Ichki ishlar xodimi emas.

Ularning egnidagi libosi, vazirlik shevroni hamda rezina tayoqlarni qayerdan olganligi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

MJtKning 209-1-moddasiga ko‘ra Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurganlik uchun qonunda javobgarlik belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring