Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Nexia-3» bilan to‘qnashuvda «Moskvich-412» yaroqsiz ahvolga keldi

«Nexia-3» bilan to‘qnashuvda «Moskvich-412» yaroqsiz ahvolga keldi

Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati

Farg‘ona viloyatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Fuqaro M.X. boshqaruvidagi «Nexia-3» rusumli avtomashinasini «Qudash» qishlog‘i hududida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Yu.J. boshqaruvidagi «Moskvich-412» rusumli avtomashina bilan to‘qnashib ketgan.

Sodir bo‘lgan YTH oqibatida Yu.J. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring