Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nomusga tegish jinoyatini sodir etgan mahkum koloniyadan qochdi

Nomusga tegish jinoyatini sodir etgan mahkum koloniyadan qochdi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Qarshidagi manzil koloniyadan mahkum qochib ketdi» degan xabar tarqaldi. IIV huzuridagi JIED holatga aniqlik kiritdi.

4-mintaqaviy hudud 35-son manzil koloniyasida Jinoyat kodeksining 118-moddasi bo‘yicha jazo muddatini o‘tab kelgan mahkum P.Z. 2022 yil 15 oktyabr kuni soat 18.00larda koloniya hududida yo‘qligi aniqlangan.

«Qidiruv jarayonida mahkum P.Z. ruxsatsiz chiqib ketganligi va 20.35 da manzil koloniya hududidan tashqarida ekanligi aniqlanib, muassasaga olib kelingan.

Hozirda IIV huzuridagi JIED tomonidan mahkum P.Z.ning ushbu tartibbuzarligiga huquqiy baho berilib, jazo muddatining qolgan qismini o‘tash uchun yopiq turdagi koloniyaga qaytarish masalasi ko‘rib chiqilmoqda», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring