Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olti oy oldin 15 mln so‘m pul o‘g‘irlagan cho‘ntakkesar qo‘lga olindi

Olti oy oldin 15 mln so‘m pul o‘g‘irlagan cho‘ntakkesar qo‘lga olindi

12-mart kuni  Guliston tumanida joylashgan mol bozorida 55 yoshli A.U., chorva mollari sotib olish uchun aylanib yurgan vaqtida noma’lum shaxs uning egnida bo‘lgan sariq rangli matodan tikilgan sumkasining ostki qismini kesib, sumkaning ichida bo‘lgan jami 15.000.000 so‘m pullarini kissavurlik yo‘li bilan o‘g‘irlab ketgan va hodisa joyidan yashiringan.

Guliston shahar IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi (o‘g‘irlik, ya’ni jabrlanuvchining kiyimi, sumkasi yoki boshqa qo‘l yukidagi ashyoga nisbatan (kissavurlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida mazkur jinoyatni muqaddam sodir etgan jinoyati uchun Samarqand viloyati Oqdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha JKning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan 41 yoshli L.X., sodir etganligi aniqlangan.

Guliston tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi ish yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha L.X., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring