Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘z joniga qasd qilgan 18 yoshli qizning turmush o‘rtog‘iga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

O‘z joniga qasd qilgan 18 yoshli qizning turmush o‘rtog‘iga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: «Daryo»

Qashqadaryoning Koson tumanida 18 yoshli M.Jo‘rayeva o‘z joniga qasd qilganligi haqidagi xabarlar tarqalganligi yuzasidan Bosh prokuratura bayonot berdi.

2020-yil 9 may kuni Koson tumani, I.Karimov ko‘chasida joylashgan uyda ijarada yashab kelgan M.Jo‘rayeva (2002 y.t.) o‘zini osib, vafot etgan.

Tekshirish davomida, marhuma M.Jurayevaning turmush o‘rtog‘i bilan o‘rtalarida doimiy ravishda urish-janjal bo‘lib kelganligi, turmush o‘rtog‘i uni haqorat qilib, urib, tan jarohati yetkazib, sha’ni va qadr-qimmatini kamsitib kelganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 08.06.2020 yilda Koson tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi (O‘zini o‘zi o‘ldirishga undash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring