Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yerga asteroid urilishi masalasiga oydinlik kiritdi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yerga asteroid urilishi masalasiga oydinlik kiritdi

Foto:«VistaNews.ru»

Shu kunlarda internet tarmog‘ida 1-fevral kuni Yerga asteroid urilishi va sayyoramizdagi hayot xavf ostida qolishi haqida xabarlar urchib ketdi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi mazkur masalaga quyidagicha munosabat bildirdi:

«Bu xabar bilan tanishib chiqqanimizdan so‘ng, uning mutlaqo uydirma ekani ma’lum bo‘ldi. Chunki, 2019-yilda Yerga yaqinlashuvchi asteroidlarning ro‘yxati astronomlarga avvaldan ma’lum va ular muntazam monitoring qilib boriladi. 2019-yilning aprel oyigacha Yerga yaqinlashishi kutilayotgan asteroidlarning soni 20 dan ortiq bo‘lib, ularning o‘rtacha yaqinlashish masofasi 5 mln. kilometrni tashkil etadi. 2019-yilning 1-fevralida Yerga yaqinlashuvchi asteroid shu yilning yanvar oyida ochilgan bo‘lib, unga 2019AV2 deb nom berilgan. Uning o‘lchami 150-340 metrni tashkil etib, u Yerga 6 mln kilometrgacha yaqinlashadi. Bunda uning trayektoriyasi Yerga yo‘naltirilgan chiziqqa tik yo‘nalishda bo‘ladi. Asteroidning Yerga bunday masofada yaqinlashuvi va yuqoridagicha trayektoriyaga egaligi tufayli u Yerga hech qanday xavf tug‘dirmaydi». 

Avvalroq, Peterburg davlat universiteti olimlari 2004-yili aniqlangan «Apofis» asteroidi Yerga qulaydi degan taxminni ilgari surishgandi.


Solishtirish uchun: Yerdan Oygacha masofa 357 104 kilometr (perigey)dan 406 696 kilometr (apogey) gachani tashkil etadi. Xomaki hisoblaganda ham 2019AV2 asteroidi 1-fevral kuni Yer va Oy o‘rtasidagidan kamida 15 baravar olis masofadan (6 mln. km.) o‘tib ketadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring