Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik haydovchi 50 kishini qutqarib qoldi

O‘zbekistonlik haydovchi 50 kishini qutqarib qoldi

Foto: «spbdnevnik.ru»

Sankt-Peterburg yaqinidagi Olgino qishlog‘ida ichida 50 nafarga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan Dragon rusumidagi avtobus yo‘lda yonib ketdi. Haydovchining tezkor choralari yong‘inning dahshatli oqibatlari oldini oldi — odamlar qutqarib qolindi. Avtobus esa butunlay yonib ketdi, deb xabar bermoqda «REGNUM».

Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, 1-dekabr kuni soat 12:21da Sankt-Peterburgdan Zelenogorskga ketayotgan «Tretiy park» OAJga qarashli avtobus haydovchisi yo‘lda ketayotib avtobus dvigateli bo‘linmasida tutunni sezadi.

«Haydovchi avtobusni yo‘l chetida to‘xtatib, zudlik bilan yo‘lovchilarni, taxminan 50 kishini evakuatsiya qildi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi», — dedi yo‘l politsiyasi vakili.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchilarni qutqarib qolgan haydovchi o‘zbekistonlik bo‘lib, «Tretiy park» korxonasida 3 yildan buyon ishlab keladi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring