Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Peterburgdagi janjalda 3 o‘zbekka quroldan o‘q uzilgan — TIV

Peterburgdagi janjalda 3 o‘zbekka quroldan o‘q uzilgan — TIV

Illyustrativ surat

16-avgust kuni Sankt-Peterburg shahrining Frunze tumanidagi bozor yonida sodir bo‘lgan bir guruh shaxslar mushtlashuvi natijasida O‘zbekistonning 3 fuqarosi travmatik quroldan jarohatlangan.

O‘zbekistonning bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, ulardan biri I.I.Janelidze nomidagi Sankt-Peterburg tez yordam ilmiy-tadqiqot institutiga joylashtirilgan. Sog‘ligi holati o‘rta darajada og‘ir deb baholanmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan tergovgacha bo‘lgan tadbirlar olib borilmoqda.

Bosh konsulxona tegishli tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatgan hamda mazkur vaziyatni o‘z nazoratiga olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring