Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Poytaxtda sovuq kunlarda «sovuq xabarlar» ko‘paydi

Poytaxtda sovuq kunlarda «sovuq xabarlar» ko‘paydi

Foto: Xabar.uz

Toshkent shahar Chilonzor tumani Zargarlik ko‘chasidagi magistral issiqlik tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgani sababli qator manzillarda issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan hududlar:

  • Qizil Sharq mavzesi;
  • Al-Xorazmiy mavzesi;
  • Chilonzor-18, 19, 20 mavzelari.

Bunda barcha xonadonlarda issiq suv ta’minoti saqlanib qoladi.

Shuningdek, poytaxtning Uchtepa tumanida ham qator uylarda issiqlik ta’minoti vaqtincha o‘chirilgani ma’lum qilindi.

Tuman hokimligi Chilonzor tumanining magistral quvurida avariya holati yuzaga kelganligi sababli, bugun, 21 noyabrda Uchtepa tumanidagi 11-mavze «Tepaqo‘rg‘on» mahallasi hududidagi 41-53, 56-63, 1, 1a, 5, 49a, 50a-uylarida issiqlik ta’minoti soat 17:00 ga qadar to‘xtatilishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Toshkentning katta qismi sovuq kunlarda vaqtincha issiqlik ta’minotisiz qolgani ma’lum qilingandi.

Unda Olmazor tumani Shimoliy Olmazor ko‘chasidan o‘tgan issiqlik tarmoqlari quvurida avariya yuzaga kelganligi sababli bir qator manzillarda joylashgan barcha aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’yektlariga vaqtincha issiqlik energiyasi yetkazib berilishi to‘xtatilgani aytilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring