Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Qamchiq»da yuk mashinasi YTHga uchradi va yonib ketdi

«Qamchiq»da yuk mashinasi YTHga uchradi va yonib ketdi

Foto: Videolavhadan skrinshot

FVV qutqaruvchilari «Qamchiq» dovonida YTH oqibatida paydo bo‘lgan yong‘inni bartaraf etdilar.

Hodisa bugun, 8 iyul kuni ertalab soat 07:00 lar atrofida, «Toshkent-O‘sh» xalqaro avtomobil yo‘lining 242-kilometrida sodir bo‘lgan. «Qamchiq» dovoni orqali harakatlanayotgan paxta tolasi ortilgan yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan. Oqibatda yuk mashinasi yonib ketgan.

Mashina haydovchisi salondan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan va shu sababli jiddiy jarohat olmagan.

FVVning «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, bir necha daqiqada yong‘inni bartaraf etishdi. Natijada mashinaga ortilgan yuklarning katta qismi yong‘indan saqlanib qolingan. Hodisa natijasida jabrlanganlar yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring