Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarshi davlat universitetida ishlagan shifokor 7000 dollar bilan qo‘lga tushdi

Qarshi davlat universitetida ishlagan shifokor 7000 dollar bilan qo‘lga tushdi

Foto:«Xabar.uz»

Qashqadaryo viloyati markazidagi oilaviy poliklinikada onkolog shifokor bo‘lib ishlagan fuqaro Qarshi davlat universitetida o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritib, talabalarga saboq berib kelgan shaxs aldov yo‘li bilan o‘zgalarning pul mablag‘ini o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan.

Mazkur fuqaro bir abituriyentni Qarshi davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5000 AQSh dollari, ikkinchi abituriyentni M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat Universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 2000 AQSh dollari, jami 7000 AQSh dollari olgan vaqtida DXX Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ta’kidlash lozimki, u muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etganligi uchun 2018 va 2019-yillarda jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tuman sudining hukmi bilan 2 marotaba sudlangan. 

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring