Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarshi tumanida erkak ayoliga achchiq qilib uyini portlatib yubordi

Qarshi tumanida erkak ayoliga achchiq qilib uyini portlatib yubordi

Qarshi tumanidagi Shirkent mahallasida 6 mart kuni erkak ayoliga achchiq qilib, o‘z uyini portlatib yubordi. Bu haqda «Zamon» informatsion dasturida xabar qilingan.

«Janjallashib qoldik. Meni urdi, uloqtirib yubordi, yiqilib tushdim, yana ura boshladi, zo‘rg‘a qochib qutuldim. Keyin profilaktika inspektoriga xabar berdim», — deydi ayol.

«Profilaktika inspektori bilan keldik. Men yashashni xohlamayman, oilamniyam, o‘zimniyam o‘ldiraman deb po‘pisa qildi. Bu vaqtda u gaz ballonni ochgan ekan», — deydi mahalla kotibi.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, turmush qurganlariga 30 yil bo‘lgan. Oilada doimiy janjallar bo‘lib turgan. O‘sha kungi janjalga ham hech qanday arzirli sabab bo‘lmagan. Inspektor ayoli va qizini tashqariga olib chiqib, erkakni ham olib chiqmoqchi bo‘lib kirgan vaqtida gugurtni chaqib yuboradi. Natijada portlash yuz berib, uyning bir qismi qulab tushadi.

Portlash oqibatida uchastka inspektori va mahalla kotibi turli darajadagi jarohat olishgan. Erkak o‘z so‘zlarida katta xato qilgani, endi jabrini chekayotgani haqida ta’kidlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring