Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarshidagi qurilishda temir-beton konstruksiyalari qulashi sabab bir kishi vafot etdi

Qarshidagi qurilishda temir-beton konstruksiyalari qulashi sabab bir kishi vafot etdi

23-iyun kuni Qarshi shahridagi «Nasaf Travel» mehmonxonasi binosining chap tomonidan qo‘shimcha qurilayotgan 5 qavatli binoning yuk ko‘taruvchi temir-beton konstruksiyalari qulab tushgan.

Buning oqibatida, 1 nafar ishchi-xodim voqea joyida vafot etgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bergan. 

Mazkur vaziyat yuzasidan, hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Mudofaa, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy Gvardiya va Prokuratura organlarining hududiy boshqarmalari shuningdek, Favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimining kuch va vositalari yetib borishgan.

Ayni vaqtda, holatning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring