Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qarz talashish o‘limga sabab bo‘ldi

Qarz talashish o‘limga sabab bo‘ldi

Foto: Tergov departamenti

39 yoshli Abdusaid P. va Tohir N.lar Qarshi tuman «Cho‘li ota» massividagi fermer xo‘jaligiga tegishli 4 gektar yer maydonini ijaraga olib, tarvuz poliz ekinini yetishtirish maqsadida issiqxona tashkil qilishadi.

Toshkent shahridan kelib, ushbu issiqxona shiyponida yashab kelayotgan  Abdusaid P. va Tohir N.lar 2021-yilning 23-fevral kuni soat 21:00 larda qarz oldi-berdi munosabatlari yuzasidan bir-birini haqorat qilib janjallashib qolishadi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, janjal oqibatida Tohir N. Abdusaid P.ning yiqitib urayotgan vaqtida, Abdusaid P. uning chap dumba sohasiga oshxona pichog‘i bilan urib jarohat yetkazgan. Natijada Tohir N. shifoxonaga yetib kelguniga qadar vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Abdusaid P.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «D» bandi bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring