Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qishning chillasida O‘zbekistonda bodom gulladi

Qishning chillasida O‘zbekistonda bodom gulladi

Foto: «Xabar.uz»

Qish fasli kirib kelganidan beri yaxshilab qor yog‘madi, aytarli sovuq ham bo‘lmadi. Bu bahorda ekinlarga ziyon, dehqonlarga jabr bo‘lishi mumkin.

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani markazida joylashgan bir to‘qimachilik zavodi hovlisida bodom daraxti gulladi. To‘g‘ri, bu daraxt eng erta gul tugadigan mevalar sirasiga kiradi, lekin fevral endi boshlandi.

Biz ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida maxsus muxbirimiz bilan bog‘landik. Uning ma’lum qilishicha, ushbu zavoddagi bodom har yili shunday barvaqt gullaydi. Bunga zavoddagi bug‘ va issiq havo sabab bo‘lishi mumkin.

Ana shunaqa gaplar. Bahor havosi kelib qolay deganda bugun kechqurun Toshkentda qor yog‘ib berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring