Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Qizil kitob»ga kiritilgan jayronni otgan ovchining miltig‘i olib qo‘yildi

«Qizil kitob»ga kiritilgan jayronni otgan ovchining miltig‘i olib qo‘yildi

Respublikamiz bo‘ylab Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan tizimli reyd nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Milliy gvardiya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, navbatdagi reydlar natijasida joriy yilning 6-oktyabr kunida Navoiy viloyati Uchquduq tumanida yashovchi, ov quroliga ega bo‘lgan fuqaro Z.R. O‘zbekiston Respublikasining «Qizil kitob»iga kiritilgan hayvon ya’ni jayronni, o‘ziga tegishli bo‘lgan ov quroli bilan otib o‘ldirganligi aniqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Navoiy viloyati bo‘linmasi mutasaddi xodimlari tomonidan fuqaro Z.R.ga tegishli ov quroli va o‘q-dorilar shuningdek, ov qurolini olib yurish va saqlash huquqini beruvchi R-7-sonli ruxsatnoma o‘rnatilgan tartibda olib qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring