Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qo‘qonda qotillik. Ota-bola yaqin qarindoshini o‘ldirib, hovliga ko‘mib yuborgan!

Qo‘qonda qotillik. Ota-bola yaqin qarindoshini o‘ldirib, hovliga ko‘mib yuborgan!

Foto: «myslo.ru»

Qo‘qon shahrida qotillik jinoyati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, shaharning Quduqlik ko‘chasida yashovchi A.X. (2000-y.t.) otasi Yo.X. (1972-y.t.) bilan birgalikda tog‘asi A.A.ni janjal oqibatida oshxona pichog‘i bilan bo‘yin va qorin sohalariga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirdirishadi. So‘ng murdani yashash xonadoni hovlisiga ko‘mib  tashlashadi.

Voqelik shu yilning 19-oktyabr kuni yarim tunda sodir bo‘lgani aytilmoqda.  Kecha — 1-noyabr kuni Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan A.X va Yo.X.larga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi «p» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani e’tiborga olinsa, qotillik o‘n uch kunda fosh etilgani oydinlashadi. Jinoyat o‘ta og‘irligi va murakkabligidan kelib chiqilsa, uning ikki haftaga yetmay fosh etilgani chakki ko‘rsatgich emas.

Ota-bola ayni paytda hibsga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring