Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nijegorod va Chelyabinskdagi YTHda O‘zbekiston fuqarolari vafot etdi

Nijegorod va Chelyabinskdagi YTHda O‘zbekiston fuqarolari vafot etdi

2020-yil 22-yanvar kuni Nijegorod viloyati, Volodarsk tumani hududidagi Moskva – Nijniy Novgorod trassasida mikroavtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Oqibatda mazkur avtotransport haydovchisi, O‘zbekiston fuqarosi B.X. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. Bu haqda O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi. 

Shu kuni Chelyabinsk viloyati hududidagi Chelyabinsk-Troitsk avtomobil yo‘lida yengil avtomashina yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan. Mamlakatimizning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasining xabar qilishicha, YTH oqibatida yengil avtomobilning haydovchisi va barcha yo‘lovchilari, jumladan O‘zbekiston fuqarosi V.P. halok bo‘lgan.

Biroz avvalroq, Qozog‘istondagi YTHda bir nafar o‘zbekistonlik vafot etgani xabar berilgan. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring