Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyadagi ommaviy mushtlashuvda o‘zbekistonlik fuqarolar jiddiy jabrlandi

Rossiyadagi ommaviy mushtlashuvda o‘zbekistonlik fuqarolar jiddiy jabrlandi

Foto: «Media.az»

O‘zbekiston bosh konsulxonasining xabar berishicha, 19-may kuni Sankt-Peterburg shahrining Frunze tumanidagi kafeda ommaviy mushtlashuv yuz bergan, natijada O‘zbekistonning to‘rt nafar fuqarosi pichoqlangan:

- Pahlavon Baxtiyorovich Ziyoyev (1987-yil 15-oktyabrda tug‘ilgan);
- Shaxriyor Baxtiyorovich Ziyoyev (1986-yil 3-sentyabrda tug‘ilgan);
- Anvar Ahrorovich Ziyoyev (1987-yil 7-iyulda tug‘ilgan);
- Abduaziz Majidovich Mahmudov (1995-yil 16-iyulda tug‘ilgan).

P.Ziyoyev va Sh.Ziyoyev Sankt-Peterburgdagi I.Janelidze nomidagi ilmiy-tadqiqot institutidagi kasalxonaga yotqizilgan va ular jarrohlik blokida qolmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 1111-moddasi (qasddan og‘ir tan jarohati etkazish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring