Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda shamol yangi uylarning tomini uchirib ketdi

Samarqandda shamol yangi uylarning tomini uchirib ketdi

Samarqand shahrida 16-yanvar kuni kuchli shamol oqibatida ko‘p qavatli uylardan birining tomi uchib ketdi.

Bu haqda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, shu kuni soat 03:22 atrofida Gagarin ko‘chasida joylashgan 36-uyning tom yopmasining bir qismi kuchli shamol esishi sabab pastga tushib ketgan.

Sodir bo‘lgan holat oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Ma’lumot uchun: viloyat Gidrometeorologiya xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yil 16 yanvar kuni soat 03:17 larda Samarqand shahrida 15 m/sek tezlikda shamol esgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring