Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda uy ichida qamalib qolgan behush bola qutqarib qolindi

Samarqandda uy ichida qamalib qolgan behush bola qutqarib qolindi

Foto: FVV

Samarqand shahrida uy ichida qolib ketgan va tutundan bo‘g‘ilib, behush holatda qolgan bola favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan qutqarib qolindi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berib o‘tgan.

Xabarda aytilishicha, 2019 yilning 28 noyabr kuni soat 21:00 da Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Sug‘diyona mavzesida istiqomat qiluvchi fuqaro Z.M. viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga qo‘ng‘iroq qilib, farzandi — 2010 yilda tug‘ilgan A.J. uy ichida qamalib qolgani to‘g‘risida xabar berdi. Mazkur murojaat yuzasidan boshqarma qutqaruv otryadi voqea joyiga zudlik bilan yetib bordi. Shundan so‘ng, qutqaruvchilar maxsus asbob-anjomlar yordamida xonadonning temir eshigini ochib kirishdi.

Hodisaga aniqlik kiritilishicha, xonadon egasining e’tiborsizligi bois gaz plitasidagi qozonning tagi o‘chirilmagan. Buning oqibatida tutun hosil bo‘lib, uy ichida yotgan bolakay xushini yo‘qotgan.

O‘z vaqtida ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xonadon hamda uy ichida qolib ketgan bola omon qoldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring