Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saratovdagi avariyada ikki nafar hamyurtimiz vafot etdi, 3 nafari shifoxonaga yotqizildi

Saratovdagi avariyada ikki nafar hamyurtimiz vafot etdi, 3 nafari shifoxonaga yotqizildi

Foto: Rossiya FVV

Mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2020-yil 16 -yanvar kuni Nijniy Novgorod – Arzamas – Saransk – Issa – Penza – Saratov trassasida Saratov viloyati hududida ichida 8 nafar yo‘lovchi, jumladan 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan mikroavtobus ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida hamyurtlarimizdan 2 nafari vafot etdi, 3 nafari esa Saratov shahridagi viloyat klinik shifoxonasiga joylashtirildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bosh konsulxona mazkur vaziyatni nazoratga olgan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tibbiyot muassasasi bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirib, Rossiyaning Volgabo‘yi federal okrugi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Qozon shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma’lum qiladi: +7-843-526-55-64, +7-843-526-55-65.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring