Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahrisabzda IIB YHXB boshlig‘iga pora berayotgan haydovchi qo‘lga olindi

Shahrisabzda IIB YHXB boshlig‘iga pora berayotgan haydovchi qo‘lga olindi

Foto:«Xabar.uz»

3-oktyabr kuni Shahrisabz tumani IIB YHXB YPX katta inspektori A.Haqberdiyev 1975- yilda tug‘ilgan O.E. avtomashinani mastlik holatida boshqarganligini aniqlagan. So‘ngra belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, transport vositasini vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirgan.

Fuqaro O.E. avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga Shahrisabz tumani IIB YHXB boshlig‘i Sh.Otaqulovga 800.000 so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan.

Sh.Otaqulov ushbu holat yuzasidan tuman IIB boshlig‘i nomiga bildirgi orqali murojaat qilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro O.E. pora tariqasida jami 1.000.000 (bir million) so‘m pullarni tuman IIB YHXB boshlig‘i Sh.Otaqulovga  berayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring