Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahrisabzda xotinini bo‘g‘ib o‘ldirgan er hibsga olindi

Shahrisabzda xotinini bo‘g‘ib o‘ldirgan er hibsga olindi

Illyustrativ foto

Shahrisabzda turmush o‘rtog‘ini arqon bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan er hibsga olindi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, shu yilning 1-aprel kuni kunduz soat 12:00lar chamasida shaharning Teparlik mahallasida yashovchi qirq olti yoshli U.Q. turmush o‘rtog‘i G.S. (1981-y.t.) bilan rashk negizida o‘zaro janjallashib ketadi. Buning oqibatida er avval ayolini stulga majburan o‘tkazib, qo‘l va oyoqlarini bog‘lab tashlaydi. So‘ng arqon bo‘laginining bir uchini uning bo‘yin sohasidan o‘tkazib (bo‘g‘ib) qasddan o‘ldiradi.

Holat bo‘yicha shu kunning o‘zida Shahrisabz shahar prokuraturasi tomonidan «qasddan odam o‘ldirish» (JK, 97-modda 1-qismi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring