Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Erondagi aviahalokat munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Erondagi aviahalokat munosabati bilan hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tehron shahri yaqinida Ukrainaning yo‘lovchi samolyoti qulashi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Ukraina va Eron prezidentlariga hamdardlik maktublari yo‘lladi. Bu haqda davlatimiz rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbari marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etdi.

Eslatib o‘tamiz, Tehron — Kiyev yo‘nalishida parvoz qilgan Ukraina samolyoti Eronda halokatga uchragani va barcha yo‘lovchilar halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, aviahalokat oqibatida 7 mamlakatning 176 nafar fuqarosi halok bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring